Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bir necha rossiyalikka qarshi ayblovlar qo‘yildi
Uch rossiyalik AQSh siyosiy guruhlarini rossiyaparast tashviqotni yoyish uchun moliyalashtirganlik va ularga rahbarlik qilganlikda ayblanmoqda. RF manfaatlari yo‘lida amerikaliklarni yollagan Rossiya fuqarosi ham ayblanmoqda.
Foto: Reuters
AQSh Adliya vazirligi 18 aprel, seshanba kuni to‘rt nafar amerikalik va uch nafar rossiyalikka nisbatan yangi ayblovlarni e’lon qildi. Tegishli xabar idora matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi.
Ularning barchasi Rossiya hukumati nomidan va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati («FSB») bilan hamkorlikda ishlaganlikda ayblanmoqda. Ularning faoliyati Amerika Qo‘shma Shtatlarida zararli xorijiy ta’sir o‘tkazish maqsadidagi ko‘p yillik kampaniya ekani aytiladi. Boshqa narsalar qatorida, qo‘shimcha ayblov xulosasida rossiyaliklar «Amerika siyosiy guruhlarini Rossiya hukumatining ro‘yxatdan o‘tmagan noqonuniy agentlari sifatida faoliyat yuritish, janjal ko‘tarish va rossiyaparast tashviqotni tarqatish uchun yollagan, moliyalashtirgan va yo‘naltirgan».
Ayblovlar Moskvada yashovchi Aleksandr Ionov hamda «FSB»xodimlari Aleksey Suxodolov va Yegor Popovga qo‘yilgan, deyiladi vazirlik bayonotida. «Rossiya Tashqi razvedka xizmati bizning Birinchi tuzatishga kiritilgan huquqlarimizdan – Rossiya o‘z fuqarolariga rad etayotgan erkinliklardan – amerikaliklarni bo‘lish va AQSh saylovlariga aralashish uchun foydalangan», dedi bosh prokuror yordamchisi Metyu G. Olsen.
Bundan tashqari, xabarda aytilishicha, Ionovning vazifalaridan biri Amerika aholisi tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi hududlarni qo‘shib olishini qo‘llab-quvvatlash ko‘rinishini yaratish edi.
Mavzuga oid
23:30 / 20.03.2026
Xominaiy AQSh va Isroilning xatosini aytdi
20:42 / 20.03.2026
Eron urushi va NATO ichidagi darz ketish: AQSh yakkalanmoqda
15:42 / 20.03.2026
AQSh maxsus vakili: Lukashenko AQShga tashrif buyurishi mumkin
11:07 / 20.03.2026