O‘zbekiston | 16:32 / 19.04.2023
5258
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mart oyida ijaraga beriladigan uy-joy narxlari pasaydi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ko‘chmas mulk bozoridagi talab o‘zgarishlari bo‘yicha navbatdagi sharhni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 1-choragi natijalariga ko‘ra sotuvlar 2,7 foizga o‘sib, shartnomalar soni 61 mingdan oshdi.

Mart oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi. Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1 kvadrat metr uchun 9,2 dollarni tashkil etib, 7 foizga pasaydi.

Tumanlar kesimida ijaraning 1 kvadrat metri uchun eng yuqori narxlari poytaxtimizning Shayxontohur (11,9 dollar), Yakkasaroy (11,8 dollar) va Mirobod (12 dollar) tumanlarida qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ikkilamchi bozorda uy-joy narxi o‘sish sur’ati sekinlashdi. Yanvar oyida 1 kvadrat metr uchun uy-joy narxi o‘rtacha o‘sishi – 0,9 foiz, fevral oyida – 4,5 foiz, mart oyida – 0,2 foiz bo‘lgan. 

Toshkent shahar ikkilamchi bozorida oy davomida narxlar o‘sish sur’ati biroz sekinlashdi va mart oyida 2,8 foizni, yanvar oyida 1,9 foizni, fevral oyida esa 3,8 foizni tashkil etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid