10:14 / 20.04.2023
8892

21 aprelda Toshkent metrosi soat 4 dan ish boshlaydi

Ertaga, 21 aprel kuni - Ramazon hayitining birinchi kunida poytaxt metrosi tonggi soat 4:00 dan ish boshlaydi. 

Foto: Kun.uz

Ramazon hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati intervali doimiy jadval asosida soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Shuningdek, bayram munosabati belgilangan boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

Toshkent shahrida Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari ham tashkil etiladi

Mazkur avtobus yo‘nalishlari soat 04:00 dan 07:00 ga qadar harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi.

Top