Ramazon hayiti kuni Toshkent metrosida poyezdlar harakatlanish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

30 mart, Ramazon hayiti kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, ya’ni soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Poyezdlar harakati intervali shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunida (31 mart) metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.