Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekiston shaharlarini rivojlantirish uchun mablag‘ ajratadi
Prezidentning “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “O‘zbekistonda shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
“O‘zbekistonda shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish uchun OTB bilan 59 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimini imzolash bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.
Bunda, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari (qarzlari, kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida olinadigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilingan.
Loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni (2023-2027 yillar) tashkil etadi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ sifatida belgilangan.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
“O‘zbekistonda shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari;
“O‘zbekistonda shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki qarzini so‘ndirish va foizlarni to‘lashning prognoz jadvali;
“O‘zbekistonda shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzini 2028 yildan boshlab qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognoz jadvali;
“O‘zbekistonda shaharlarni kompleks rivojlantirish dasturi” loyihasi 2-komponenti doirasida Osiyo taraqqiyot banki qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash yuzasidan ulushlar taqsimotining prognozi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
07:36 / 25.02.2026
Qaysi davlatlarda aholi poytaxtda jamlangan? (Xarita)
17:27 / 18.11.2025