15:54 / 20.04.2023
6682

Yevroparlament Navalniy va Kara-Murzani ozod qilishga chaqirdi

Yevroparlament Vladimir Kara-Murza va Aleksey Navalniyni zudlik bilan ozod etishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Foto: Picture Alliance

Yevroparlament Vladimir Kara-Murza va Aleksey Navalniyni zudlik bilan ozod etishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Yevroparlament deputatlari BMT Inson huquqlari kengashini Rossiyada siyosiy raqiblarni shafqatsizlarcha hibsga olish, qiynoqqa solish va o‘ldirish holatlarini tekshirishga chaqirdi

Parlament a’zolari Yevropa Ittifoqi davlatlariga murojaat qilib, siyosiy ta’qibga uchragan rossiyalik dissidentlarga humanitar vizalar va boshqa yordam ko‘rsatishni so‘radi. 

Ovoz berishda 553 nafar deputat ishtirok etdi, ulardan 508 nafari qarorni yoqladi, 14 nafari qarshi chiqdi, 31 nafari betaraf qoldi. 

Avvalroq Vladimirdagi koloniyada jazoni o‘tayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Moskva shahar sudi siyosatchi va publitsist Vladimir Kara-Murzaga chiqargan hukmni «noqonuniy va vijdonsiz» deb atagandi

«Unga berilgan jazo muddati -  bu Rossiya «FSB» tomonidan sodir etilgan ikkita zaharlanishdan omon qolgani uchun o‘lmaganiga qasos. Rossiya «FSB» tomonidan sodir etilgani allaqachon isbotlangan», dedi Navalniy va Kara-Murza siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinayotganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

«Men uning sog‘lig‘idan juda xavotirdaman. Men uni ikkinchi zaharlanishdan keyin ko‘rganman va uning sog‘lig‘i deyarli yo‘qolganiga guvoh bo‘ldim», - deya ta’kidladi Navalniy.

Moskva shahar sudi muxolifatchi siyosatchi va publitsist Vladimir Kara-Murzaga nisbatan ayblov hukmini chiqardi. 17 aprel kuni u 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi: 7 yil - «harbiy feyklar» uchun, 3 yil - «nomaqbul» tashkilot faoliyatida ishtirok etgani uchun va 18 yil - davlatga xiyonat bo‘yicha jinoyat ishi yuzasidan.

Mavzuga oid
Top