Jahon | 08:13 / 21.04.2023
7297
2 daqiqa o‘qiladi

FT: Xitoy «Vagner»ning qurol bilan ta’minlash haqidagi iltimosini rad etdi

Financial Times'ning AQSh razvedkasi ma’lumotlariga tayangan holda yozishicha, Xitoy «Vagner» XHKga hatto sinov uchun ham hech qanday qurol yubormadi va qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha «Vagner» XHK bilan bog‘lanmadi».

Foto: RIA Novosti

Xitoy Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining (XHK) 2023 yil boshida qurol va o‘q-dorilarni yetkazib berish bo‘yicha so‘rovini javobsiz qoldirdi. Bu haqda 20 aprel, payshanba kuni Financial Times gazetasi AQSh razvedka xizmatlarining sizdirilgan maxfiy materiallariga xabar berdi.

«Vagner guruhi»ning Xitoyga to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘rovi, ular Pekin Moskvaga qurol yetkazib berishga va Xitoy korxonalari harbiy kampaniyani (Rossiyaning Ukrainadagi) qo‘llab-quvvatlashning boshqa, jiddiy bo‘lmagan shaklidan tashqariga chiqishga ochiq bo‘lishiga ishonchi borligini ko‘rsatadi», - deyiladi nashr xabarida.

Shu bilan birga, AQSh razvedkasi hisobotiga ko‘ra, yanvar oyi boshida Xitoy «Vagner» XHKga hatto sinov uchun ham hech qanday qurol yubormagan va qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha «Vagner» XHK bilan bog‘lanmagan», deydi jurnalistlar.

Vashington avvalroq Pekin muhim o‘q-dorilar, artilleriya snaryadlari va raketa zaxiralarini to‘ldirish uchun Rossiyani qurollar bilan ta’minlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini, biroq Xitoyning Rossiyaga bunday yordam ko‘rsatganiga hech qanday dalil yo‘qligini ta’kidlagan edi.

O‘z navbatida, XXR Rossiyaga qurol yetkazib berish rejalari borligini bir necha bor rad etib, NATOni Ukrainaga yordam ko‘rsatish orqali mojaroni qo‘zg‘atayotganlikda ayblagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid