Jahon | 15:50 / 21.04.2023
9424
1 daqiqa o‘qiladi

London: Rossiya ob-havoning Ukraina qarshi hujumiga ta’sirini bo‘rttirib ko‘rsatmoqda

Foto: AP

Rossiya internet nashrlari ob-havo sharoitining Ukrainaning kutilayotgan qarshi hujumiga ta’sirini bo‘rttirib ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Britaniya harbiy razvedkasi. 

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan kunlik hisobotda aytilishicha, Ukrainaning katta qismidagi yumshoq tuproq va bahor loylari ikkala urishayotgan tomonning operatsiyalarini sekinlashtirishi mumkin. 

Biroq, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida «Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumi ehtimoli fonida rossiyaliklarning ruhiyatini ko‘tarish va Ukraina tarafdorlarini ruhiy tushkunlikka tushirishga qaratilgan axborot kampaniyasi doirasida RFda tuproq holatining ahamiyati bo‘rttirilgan». 

Kelgusi haftalarda jangovar hududdagi tuproq sharoiti yaxshilanishi kutilmoqda. «Yo‘llarda qo‘shinlarning manyovrlarini cheklovchi muhimroq omil bu - minalar xavfi bo‘lib qolmoqda», deyiladi hisobotda.

Mavzuga oid