Jahon | 08:24 / 22.04.2023
6113
3 daqiqa o‘qiladi

WP: Kreml Germaniyada Ukrainaga qarshi harakat yaratishga harakat qilmoqda

Moskva Germaniyada Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga qarshi harakat yaratish uchun AdG o‘ng qanot populistik partiyasi va nemis “so‘llari” bilan bog‘landi, deb yozadi The Washington Post.

Foto: Depositphotos

Rossiya “rasmiylari” Germaniyada Ukrainaga qarshi kayfiyatni uyg‘otish va Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni susaytirish maqsadida nemis o‘ng qanot populistik “Germaniya uchun muqobillik” (AdG) partiyasi vakillari, shuningdek, nemis “so‘llari” bilan bog‘landi, deb xabar berdi juma, 21 aprel kuni Amerikaning The Washington Post gazetasi.

WP'ga ko‘ra, u Yevropa davlatlaridan birining razvedkasidan olingan hujjatlarga ega bo‘lib, ularda Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha tanqidiy fikrlarni kuchaytirish uchun "Germaniyaga e’tibor qaratish" zarurligi haqida Kremldan aniq ichki ko‘rsatmalar mavjud.

The Washington Post gazetasida Rossiya rasmiylari va Germaniya siyosiy kuchlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuvlar bo‘lganligini ko‘rsatadigan hujjatlar yo‘q, ammo mas’ul shaxslarning xabarlariga ko‘ra, AdG bir necha a’zosi, shuningdek, Germaniyada tanqid qilingan So‘l partiya vakili Sahra Vagenknextga yaqin bo‘lgan kamida bir kishi ruslar bilan aloqada bo‘lgan, deb yozadi WP.

Gazetaning yozishicha, Germaniyada Ukrainaga qarshi kayfiyatni shakllantirish rejalari 2022 yil iyulidan noyabrigacha Kremlda faol muhokama qilingan va sentabrda ma’ruzachilardan biri nemis o‘ng qanot populistlari hamda "so‘llar"ning alohida vakillarini Kiyevga harbiy harakatlar olib borishda yordam berishni tanqid qiluvchi shiorlar ostida birlashtirish tashabbusini ilgari surgan. Bunday "urushga qarshi" bayonotlar AdG reytingini oshirishi, boshqa siyosiy lager elektorati hisobiga uning tarafdorlari sonini ko‘paytirishi va Germaniya fuqarolari oldida "birlashtiruvchi" partiya sifatida paydo bo‘lishiga imkon yaratishi kerak edi, deb yozadi The Washington Post.

Tashabbus kuratorlaridan biri sifatida u prezident ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenkoni keltirdi. WP nashriga ko‘ra, u Germaniyaning Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilash tarafdori bo‘lgan nemis fuqarolari ulushini uch oy ichida kamida 10 foizga oshirishni talab qilgan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid