O‘zbekiston | 17:46 / 24.04.2023
8307
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekistonlik” filmining uchinchi epizodi namoyish etildi

Foto: Uzbekistan’s club

Fransiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda “O‘zbekistonlik” filmining uchinchi epizodi premerasi bo‘lib o‘tdi.

23 aprel kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida O‘zbekistonlik. GENERATING IDEAS xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Forumning asosiy voqeligi “O‘zbekistonlik” filmining uchinchi epizodi premerasi bo‘ldi.

Muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz hayotidan hikoya qiluvchi “O‘zbekistonlik” filmining navbatdagi epizodida Strasburg filarmoniya orkestri badiiy rahbari va dirijyori Aziz Shohakimov va Shell kompaniyasi IT-arxitektori Madina Berdiyevaning hikoyalari namoyish etildi.

Epizodning ommaviy premerasi 26 aprel kuni soat 18:00 da YouTube va My5 telekanali orqali bo‘lib o‘tadi.

Uzbekistan’s club matbuot xizmatiⓉ

Mavzuga oid