Forumda butun dunyodan kelgan 200 dan ziyod özbekistonlik vatandoşlar, Özbekistondan taşrif buyurgan delegatlar, şuningdek, Buyuk Britaniyadagi nufuzli şaxslar, biznesmenlar, diplomatlar va jamoat arboblari iştirok etdi. Tadbirni öz kiriş nutqi bilan Özbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Muvaqqat işlar vakili Baxtiyor Xodjayev va Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Odil Reno-Basso oçib berdi.

“Özbekistonlik” forumlarining maqsadi – butun dunyo böylab yoyilgan özbekistonliklar örtasida global netvorkingni yölga qöyiş va Özbekistonni intellektual, iste’dodli va mehnatkaş insonlar mamlakati sifatida tarannum etiş. Uzbekistan’s club ijodiy jamoasi tomonidan taşkil etiladigan xalqaro “Özbekistonlik” forumlari avvalroq Berlin (Germaniya) va Parij (Fransiya) şaharlarida muvaffaqiyat bilan bölib ötgan edi. 

Forumning asosiy voqealaridan biri ayni nomdagi “Özbekistonlik” filmning 4-epizodi premerasi böldi. Yuz minglab tomoşabinlarning mehrini qozonib ulgurgan badiiy-hujjatli filmlar turkumi öz sohasida olamşumul natijalarga erişgan vatandoşlarimizning hikoyalarini sözlab berişda davom etmoqda. Yangi, bu safargi epizod qahramonlari Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki direktori Kamola Mahmudova va Kembrij universiteti biologi, fan doktori Temur Yunusovlar böldi. Film Youtube tarmoği va MY5 telekanali orqali 19 oktabr kuni soat 18:00 da premera qilinadi.

Forumga taşrif buyurganlar “Uzbekistan’s club” nomli yangi jilokor jurnalning ilk soni bilan ham tanişiş imkoniyatiga ega böldi. Zamonaviy va öziga xos uslubga ega uşbu jurnal trendlarni boşlab beriş uçun yaratilgan. Uning vazifasi – zamonaviy özbekistonlikning yangi qiyofasiga namuna bölayotgan şaxslar va ularning obrazlarini tarğib qiliş. Jurnal yiliga ikki marta özbek va ingliz tillarida çiqadi. U bepul ravişda Toşkentdagi gavjum jamoat joylarida, qolaversa, xorijiy mamlakatlarda diplomatik vakolatxonalar orqali tarqatiladi. 

“Uzbekistan’s club” jurnalining yangi sonida tahririyat versiyasiga köra