Uzbekistan’s club – xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan özbekistonliklarni bir yerga jamlaş maqsadida yaratilgan global platforma bölib, sifatli kontent orqali yoşlarga motivatsiya ulaşişni öz oldiga maqsad qilgan loyiha hisoblanadi. Taşkilot xorijdagi özbekistonliklar bilan aloqa örnatiş, dunyo böylab turli sohalarda muvaffaqiyatga erişgan özbekistonliklar haqida eksklyuziv loyihalarni tayyorlaş va ular bilan doimiy aloqada bölib turiş imkonini beruvçi muloqot platformasi kabi köplab loyihalarni boşlagan va hozirgi kunda muvaffaqiyatli tarzda davom ettirib kelmoqda.

Uzbekistan’s club nodavlat notijorat taşkilot maqomiga ega bölgaç, öz oldiga qöygan maqsadlarini yanada kengaytirganini ma’lum qildi. Endilikda taşkilot öz oldiga yuqori maqsadlarni qöydi, jumladan:

- xorijdagi özbekistonliklar bilan aloqa örnatiş;

- dunyo böylab turli sohalarda muvaffaqiyatga erişgan özbekistonliklar haqida eksklyuziv va yuqori sifatli audiovizual kontent yaratiş;

- jahon hamjamiyati vakillarini buyuk ajdodlarimizning boy madaniy merosi va dunyo tamadduniga qöşgan hissasi haqidagi ma’lumotlar bilan taniştirib boriş maqsadida xizmat qiluvçi maydon yaratiş kabi yoşlarbop va mamlakat imijini yuqoriga kötarişni maqsad qilgan.

Taşkilotning rasmiy sayti (https://uzbekistans.club/uz/about-us)da barça loyihalar va yaqin kelajakdagi rejalar bilan batafsil tanişiş mumkin.