Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshava va Toshkent o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yil oxirigacha yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasida LOT Polish Airlines aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
LOT Polish Airlines aviakompaniyasining tarmoqlar va alyanslar departamenti direktori Robert Ludera ma’lumotiga ko‘ra, kelgusi oy davomida LOT Polish Airlines aviakompaniyasi delegatsiyasi O‘zbekistonga kelib, mamlakat rasmiy vakillari bilan joriy yil oxiriga qadar Varshava va Toshkent o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.
LOT Polish Airlines O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga va muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik bildirildi.
Ikki mamlakat poytaxtlarini bog‘laydigan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga dipmissiya ko‘magida 2022 yil avgust oyida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning Polshaga safari doirasida LOT Polish Airlines kompaniyasi vitse-prezidenti Mixal Fiyol bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida erishilgan edi.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026