Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Ukrainaga uranli snaryadlarni topshirganini aytdi
Snaryadlar Challenger-2 tanklari uchun mo‘ljallangan.
Buyuk Britaniya Ukrainaga Challenger-2 tanklari uchun bir necha ming snaryadni topshirdi va ularning ba’zilarida boyitilmagan uran bor. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Jyeyms Xippi xabar berdi.
Bu haqda u deputatlardan birining so‘roviga javoban yozgan, javob parlament saytida e’lon qilingan.
«Biz Ukrainaga Challenger-2 uchun minglab snaryadlarni jo‘natdik. Gap zirhni teshib o‘tuvchi uranli snaryadlar haqida ham ketmoqda», dedi u.
Xippi Ukrainaga yetkazilgan snaryadlardan foydalanilgani haqida xavfsizlik nuqtai nazaridan xabar bermasligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya tomoni Londonning boyitilmagan uranli snaryadlarni Kiyevga yuborish rejalarini bir necha bor tanqid qilgan.
Challenger-2 - Britaniya armiyasining asosiy jangovar tanki, 1994 yildan 2009 yilgacha ishlab chiqarilgan. Kalibri 120 mm, o‘q-dori komplekti 52 dona. Britaniya harbiy sanoati ushbu modeldagi 400 dan ortiq tankni ishlab chiqargan.