Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada navbatdagi norozilik namoyishlari kastryulka va tovalar bilan o‘tkazildi
Namoyishlarda butun mamlakat bo‘ylab minglab odamlar qatnashdi. Namoyishchilar hukumatning bir qancha a’zolari ish safarlarini to‘xtatdi.
Fransiyada 24 aprel, dushanba kuni Emmanuel Makron ikkinchi muddatga prezident etib saylanganining bir yilligi munosabati bilan bo‘sh kastryulkalar ko‘tarib olingan namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bo‘ylab minglab odamlar pensiya islohotiga qarshi namoyishlarda qatnashdi. Namoyishchilar hukumatning bir qancha a’zolari ish safarlarini to‘xtatib qo‘ygan, deb yozadi Le Figaro.
Shu tariqa, ta’lim vaziri Pap Ndyay bino tashqarisida namoyishchilar borligi sababli Liondagi muassasalardan biriga tashrifini o‘zgartirdi. Parijga qaytib kelgach, amaldor poyezdda vaqtincha to‘sib qo‘yildi – bir necha o‘nlab namoyishchilar platformada «qozon-tovoqlar konserti» uyushtirishdi.
Bolalar bo‘yicha davlat kotibi Sharlot Kobel namoyishlar tufayli Sen-Morisdagi kasalxonaga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Madaniyat vaziri Rima Abdul-Malakni Parij teatrlaridan biri oldida kastryulkalar bilan kutib olishdi. Xuddi shu tarzda namoyishchilar adliya vaziri Erik Dyupon-Moretti va sog‘liqni saqlash vaziri Fransua Braun bilan uchrashdi.
Fransiyada pensiya yoshini 62 dan 64 ga oshirishni o‘z ichiga olgan pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari loyiha rasman jamoatchilikka taqdim etilgan yanvar oyi o‘rtalaridan beri davom etmoqda. Eng yirik norozilik namoyishlarida yuz minglab odamlar qatnashdi, ish tashlashlar tufayli reyslar bekor qilindi, shaharlararo poyezdlar qatnovi to‘xtatildi, chiqindi yig‘ishda jiddiy muammolar yuzaga keldi. Shunga qaramay, Makron 15 aprel kuni bahsli qonunni imzoladi.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026