Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha: Sanksiyalarning yangi paketi may oyida tayyor bo‘ladi
Paketda ukrainalik bolalarni deportatsiya qilishda aybdor shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritilishi mumkin.
Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau 24 aprel, dushanba kuni ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 11-paketi muhokama qilinmoqda va ular may oyining ikkinchi yarmigacha kiritilmaydi.
"O‘ylaymanki, masala may oyining ikkinchi yarmidan ertaroq yopiladi. Tezroq nimadir bo‘lishini kutishning iloji yo‘q", - dedi vazir hamda Rossiya adliya tizimi vakillariga va "ukrainalik bolalarni o‘g‘irlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishini" ta’kidladi.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ham dushanba kuni Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar paketi bo‘yicha kelishib olishga hali tayyor emasligini ma’lum qildi.
Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen avvalroq aytganidek, navbatdagi cheklov choralari, birinchi navbatda, Rossiyaning ilgari joriy qilingan sanksiyalarni, jumladan, uchinchi davlatlar yordamida chetlab o‘tishga urinishlariga qarshi kurashishga qaratilgan bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
18:03 / 19.05.2026
Qirg‘izistonda sanksiyalar tahdidi tufayli 50 ta korxona tugatildi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
09:16 / 12.05.2026