Sport | 23:08 / 26.04.2023
25921
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keladi

U FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan terma jamoalar bazasini ko‘zdan kechiradi. 

Foto: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino joriy yilning 5-6-may kunlari O‘zbekistonga keladi. 

Infantino boshchiligidagi delegatsiya tashrif davomida O‘zbekistonda FIFA bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida barpo etilayotgan terma jamoalar bazasini ko‘zdan kechirishi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilmoqda. 

53 yoshli shveysariyalik mulozim 2016 yildan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlayapti. Uning rahbarligida futbol sohasida ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, jahon chempionati ishtirokchilari soni ko‘paydi, hakamlarga videolavhadan foydalanish imkoniyati berildi, futbol va transfer qoidalari o‘zgartirildi. Infantino 2019 va 2023 yilda FIFA prezidentligiga qayta saylanishga muvaffaq bo‘lgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid