Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qariyb 1 mlrd so‘mlik kuchli dorilar noqonuniy muomaladan olindi
IIV Tezkor-qidiruv departamenti va DXX xodimlari tomonidan Toshkent shahrida qariyb bir milliard so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi shaxslar Toshkent shahrida ko‘p miqdorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlash uchun Chilonzor tumanida joylashgan xonadondan foydalanib, shu yerdan tarqatish ishlari bilan shug‘ullanayotganligi haqida tezkor ma’lumot olingan.
IIV Tezkor-qidiruv departamenti va DXX Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2003 yilda tug‘ilgan, shaxs Chilonzor tumani hududida 700 dona “Regapen” va 50 dona “Tropikamid” dori vositalarini bilan ushlandi.
Shuningdek, tadbir davomida dori vositalarni tarqatish maqsadida foydalanib kelinayotgan Chilonzor tumani 30-dahadagi xonadonning yotoqxonasidan jami 14 168 dona “Regapen”, 895 dona “Lirika” va 589 dona “tropikamid” dori vositalari topilib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tadbir davomida jami 16 392 dona umumiy narxi 963 300 000 so‘m bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.
Hozirda olingan ashyoviy dalillarning O‘zbekistonga kirib kelish kanalini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026