O‘zbekiston | 12:11 / 28.04.2023
3745
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston va BAA siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Delegatsiyalarga O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazrui rahbarlik qildilar.

Uchrashuv ishtirokchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga alohida e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston-BAA ko‘p qirrali hamkorligining turli masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdi.

Siyosiy muloqot va parlamentlararo munosabatlarni jadallashtirish, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, xalqaro institutlar doirasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Maslahatlashuvlarda sanoat kooperatsiyasini faollashtirish, sayyohlik almashinuvlarini kuchaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid