Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davomat 62 foizdan oshdi. Referendum bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi
O‘zbekiston konstitutsiyasini yangi tahrirda qabul qilish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan deb tan olindi, deya ma’lum qildi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov.
“Referendum to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi referendumda ishtirok etsa, referendum bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi.
Qaror referendumda qabul qilingan deb topilishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz berishi kerak.

Markaziy saylov komissiyasi axborotiga ko‘ra, soat 13:00 holatiga ovoz berganlar soni 12 milliondan oshib, davomat ko‘rsatkichi 62,24 foizga yetgan.
Eng yuqori faollik Jizzax, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida (66-67 foiz) kuzatilmoqda. Toshkentda ovoz beruvchilarning ishtiroki 55 foizga yaqinlashdi.

Mavzuga oid
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026
Qozog‘istonda konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi
12:43 / 13.02.2026