O‘n ming nafarga yaqin mahkum ovoz berish huquqidan foydalanadi - IIV
Qamoqda yoki ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan 9 679 nafar mahbus ovoz berishi uchun 18 ta referendum uchastkasi tashkil etilgan.

Foto: Videodan kadr
Bugungi referendumda uncha og‘ir yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganliklari uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev ma’lum qildi.
Vazir o‘rinbosari referendum uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.
Ma’lum qilinishicha, referendumni xavfsiz sharoitda o‘tkazish uchun ichki ishlar organlari tomonidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan. Respublika bo‘ylab referendum uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlashga 30 954 nafar huquq tartibot idoralari vakillari jalb etilgan. Ular aloqa va transport vositalari bilan to‘liq ta’minlangan.
Bekmurod Abdullayevga ko‘ra, referendumga 60 kun qolganda qamoqda va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning ovoz berishi uchun 18 ta referendum uchastkasi tashkil etilgan. Mazkur referendum jarayonlarida kuzatuvchilar va OAV vakillari ishtirok etish huquqiga ega hamda ular to‘siqsiz ichkariga qo‘yilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
-
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi
Sport | 23:38 / 05.06.2025
Mavzuga oid

10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi

23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi

11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi

21:07 / 21.10.2024