Özbekiston içki işlar vaziri sobiq örinbosari, katta miqdordagi budjet mablağlari talon-toroj qilinişida gumonlanib qölga olingan Bekmurod Abdullayev ozodlikka çiqdi.

Kun.uz manbasi xabar berişiça, u yetkazilgan 200 mlrd sömdan ortiq zararni naqd pul şaklida tölab berganidan söng, unga qöllangan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi garovga özgartirilgan.

General-mayor Bekmurod Abdullayev muqaddam Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi va Milliy gvardiyada turli lavozimlarda işlagan, 2021 yil aprelida içki işlar vaziri örinbosari etib tayinlangandi.

2025 yil noyabr oyida u işdan olingani ma’lum böldi. 2026 yil yanvariga kelib u va Jazoni ijro etiş departamenti sobiq boşliği, Abdullayev bilan bir vaqtda işdan olingan Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat işi oçilgani va ular qamoqqa olingani xabar qilindi.

Yanvar oyi oxirida ötkazilgan prezident videoselektorida Abdullayev va Tursunovga nisbatan jinoyat işi oçilgani tasdiqlanib, ular vazirlik tizimidagi davlat xaridlari davomida 186 mlrd söm miqdoridagi budjet mablağlari özlaştirilgani yuzasidan qamoqqa olingani ma’lum qilindi.

Hozirda Rustam Tursunov qamoqda qolmoqda.