ISW: Prigojin Baxmutdagi Rossiya pozitsiyalarining zaifligidan xavotirda
"Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinning XHK jangchilari Baxmutdan olib chiqilishi mumkinligi haqidagi da’volari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan tadbirkor shahar orqa qismidagi rus pozitsiyalarining zaifligidan xavotirda ekanini ko‘rsatishi mumkin, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) yangi sharhida.
28 aprel kuni rossiyalik urush tarafdori bo‘lgan blogerga bergan intervyusida Prigojin o‘q-dorilar yo‘qligidan afsusda ekanini bildirgan.
"Agar o‘q-dorilar taqchilligi to‘ldirilmasa, biz yo uyushqoqlik bilan chiqib ketishga yoki halok bo‘lish uchun qolishga majbur bo‘lamiz. Katta ehtimol bilan bu hududdan bo‘linmalarning bir qismini olib chiqishga majbur bo‘lamiz", - dedi tadbirkor.
Bundan tashqari, "Vagner" guruhi asoschisi Kremlni Ukraina sharqida mudofaaga o‘tishga ishontirish bo‘yicha urinishlarini davom ettiryapti, deydi ISW tahlilchilari.
Jangchilari Donetsk viloyatining Baxmut shahrida ko‘p oylardan beri ukrainalik askarlarga qarshi jang olib borayotgan "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojin yaqinda XHK o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. "Bugun biz "Vagner" XHK qisqa vaqt ichida o‘z faoliyatini to‘xtatadi, degan xulosaga kelyapmiz", dedi u rossiyalik bloger Semyon Pegov bilan 28 aprel kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan intervyusida.
"Biz tarixda qolamiz. Hechqisi yo‘q, shunday bo‘ladi", - dedi Prigojin. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoklipdan ma’lum bo‘lishicha, XHK rahbari o‘z shaxsiy armiyasining tugatilishini Rossiya Mudofaa vazirligi yollanma askarlarga o‘q-dorilar yetkazib bermayotgani bilan bog‘ladi.
Bu Prigojinning “snaryad ochligi” haqida shikoyat qilishi va Rossiya harbiy rahbariyatining alohida a’zolarini “mamlakat manfaatlariga xiyonat qilishda” ayblashi bo‘yicha birinchi holat emas. Ayni paytda u qachon bayonot bergani noma’lum. Uning o‘zi ham hozircha OAVning aytilganlarga izoh berish haqidagi so‘rovlariga javob bermadi.
Mavzuga oid
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
13:16 / 11.09.2024
“Jangda ortga chekingan sheriklarimizni otib tashlash topshirig‘i berilgandi” – yana bir o‘zbekistonlik vagnerchiga hukm o‘qildi
14:37 / 05.08.2024