Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr hukumati gepatitga qarshi dorining dastlabki partiyasini O‘zbekistonga yubordi
Joriy yilning 29 aprel kuni Misr hukumati tomonidan mamlakat shifoxonalarida foydalanish uchun insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan, dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri – S gepatitiga qarshi dori vositasining dastlabki partiyasi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Dunyo
Mamlakatning Qohiradagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur yukning olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiyada o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida avval erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasidir.
Umumiy qiymati 35 ming AQSh dollarini tashkil etgan 17 ming qutidan ortiq dori vositasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar uchun ishlatiladi.
O‘zbekiston va Misr sog‘liqni saqlash idoralari 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi dori vositalarini bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026