Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi
Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda davomat 84,54 foizni tashkil etgan.

Foto: Kun.uz
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev O‘zbekistonda 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, referendum uchastkalariga 16,6 milliondan ortiq saylovchilar kelgan va davomat 84,5 foizni tashkil etgan.
«Referendumda Konstitutsiya to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilasizmi?» deb berilgan savolga 19 mln 722 ming 809 nafar fuqarodan 15 mln 40 ming 55 nafari, ya’ni 90,21 foizi yoqlab ovoz bergan.
Byulletenlarning 0,49 foizi haqiqiy emas deb topilgan.
Uning qayd etishicha, referendum jarayoni xalqaro normalar va standartlarga, referendum qonunchilikka, unda belgilangan ochiqlik va oshkoralik kabi umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga to‘la mos holda o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilingan deyishga asoslar yetarli ekanligi ta’kidlandi.
Referendumning yakuniy natijasiga ta’sir qilmaydigan alohida kamchiliklar o‘z vaqtida, jumladan, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik ishtirokida aniqlanib, bartaraf etilgani qayd etilgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim hududlarda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlangan. Bular Sirdaryo viloyatidagi 226-uchastka, Toshkent viloyatidagi 651-uchastka bo‘lib, MSK tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra qonunbuzarliklar aniqlangan, shuningdek, Toshkent shahridagi 772-uchastkasida qonunbuzilish holatlari bo‘yicha OAVda xabar berilgan. Bu qoidabuzarliklar MSK tomonidan mas’ul boshqarmalar bilan birgalikda o‘rganiladi.
«Umuman olganda, barcha saylov uchastkalarining 0,01 foizida qonunbuzarliklar aniqlangan», deya qo‘shimcha qildi Zayniddin Nizomxo‘jayev.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilni ogohlantirgan Eron, G‘azoga kelgan yordam va Putindan Sumini bosib olishni so‘ragan amaldor – kun dayjesti
Jahon | 13:49
-
Rossiya va Ukraina «1000 ga 1000» asirlar almashinuvi bo‘yicha ro‘yxatlarni oldi
Jahon | 13:45
-
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi pasaydi
O‘zbekiston | 12:42
-
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
Jahon | 12:30
Mavzuga oid

10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi

23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi

19:13 / 02.11.2024
Oliy Majlis Senati a’zolari saylovini o‘tkazish sanasi belgilandi

11:10 / 01.11.2024