Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: Rossiyaning Baxmutdagi operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining Donbassdagi Baxmut hududida hujumi “to‘xtab qoldi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi”. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Vashingtondagi brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi besh oy ichida birgina Baxmut hududidagi Rossiya kuchining yo‘qotilishi 100 ming kishini tashkil etgan, 20 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, ularning yarmi "Vagner" jangchilaridir.
Jon Kirbi Ukrainaning yo‘qotishlari haqida ma’lumot bermasligini ta’kidladi, chunki “ular bu yerda - qurbon, Rossiya -bosqinchi”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy armiyasi AQSh boshchiligidagi davlatlar koalitsiyasi tomonidan qurollantirilayotgan va tayyorgarlikdan o‘tkazilayotgan yaqin ittifoqdoshining vazifalarini murakkablashtirishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaydi.
Mavzuga oid
15:36 / 17.11.2025
Pokrovsk uchun jangda Rossiya yangi taktikadan foydalanmoqda
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025