Jahon | 11:30 / 03.05.2023
4491
1 daqiqa o‘qiladi

Daniya Ukrainaga katta yordam paketini tayyorlamoqda

Daniya Ukrainaning bo‘lajak hujumini qo‘llab-quvvatlash uchun ukrainaliklarga yangi 1,7 milliard krona (taxminan 250 million dollar) miqdoridagi harbiy yordam paketini taqdim etadi, deb xabar berdi Daniya Mudofaa vazirligi. 

Foto: AP

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu paketga minadan tozalash vositalari, o‘q-dorilar, dala ko‘priklari va havo hujumidan mudofaa qurilmalari hamda boshqa narsalar kiradi. 

“Xayriya paketidagi jihozlar frontda Ukraina tanklari va zirhli piyoda askarlariga yo‘l ochish uchun zarur”, — dedi Daniya mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Troels Lund Poulsen. 

Tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussenning ta’kidlashicha, bu Daniya tomonidan Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri taqdim etiladigan eng katta yordam paketidir. 

Daniyaning Ukrainaga bergan yordamining umumiy miqdori 11 milliard Daniya kronasiga yetdi.

Mavzuga oid