O‘zbekistonda erkak pedagoglar soni ko‘p bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi
Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida maktablarda ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni ko‘p.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilida respublika bo‘yicha umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan pedagoglar soni (o‘rindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan.
Shundan, 159,9 ming nafari yoki jami ko‘rsatkichga nisbatan 30,7 foizini erkak pedagoglar tashkil etgan.
Hududlar kesimida umumta’lim muassasalarida ta’lim berayotgan erkak pedagoglar soni:
— Qoraqalpog‘iston R. – 9,9 ming nafar;
— Andijon viloyati – 10,4 ming nafar;
— Buxoro viloyati – 7 ming nafar;
— Jizzax viloyati – 11 ming nafar;
— Qashqadaryo viloyati – 22,9 ming nafar;
— Navoiy viloyati – 5,3 ming nafar;
— Namangan viloyati – 11 ming nafar;
— Samarqand viloyati – 23,1 ming nafar;
— Surxondaryo viloyati – 19,7 ming nafar;
— Sirdaryo viloyati – 4,8 ming nafar;
— Toshkent viloyati – 9,8 ming nafar;
— Farg‘ona viloyati – 13,3 ming nafar;
— Xorazm viloyati – 7,9 ming nafar;
— Toshkent shahri – 3,8 ming nafar.
Mavzuga oid
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
11:43 / 20.11.2024
2025 yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
20:17 / 05.11.2024