15:30 / 03.05.2023
10926

Zelenskiy Finlandiyaga bordi

Foto: AOP

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 3 may kuni tushdan keyin Helsinkiga tashrif buyurdi. U bu yerda Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan uchrashgan. Xavfsizlik zarurati tufayli tashrif haqida oldindan e’lon qilinmagandi.

Ikki davlat rahbari Finlandiyaning Ukrainani qo‘llashi, mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va global geopolitik vaziyatni muhokama qilishgan.

Kunning ikkinchi yarmida Zelenskiy Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Islandiya bosh vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Sammitda Ukrainadagi mojaro va Shimoly Yevropa mamlakatlari tomonidan mamlakatning qo‘llab-quvvatlanish darajasi muhokama etiladi.

AQSh va NATOga qo‘shilgan Finlandiya mudofaa sohasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Agar kelishuv tuzilsa, Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari Finlandiya hududidan mashg‘ulotlar va texnikani joylashtirish uchun erkin foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Prezident Sauli Niinistyo kelishuv haqida Finlandiya xavfsizligini maksimal darajada oshirish yo‘li sifatida gapirdi va Qo‘shma Shtatlar bu masalada muhim omil ekanligini ta’kidladi.

Finlandiya 4 aprel kuni NATOning 31-a’zosiga aylandi. Shimoliy Atlantika ittifoqining Rossiya bilan umumiy chegarasi ikki baravar ko‘paydi va 2600 kilometrga yetdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top