Fransiya Ukrainaga yangi yordam paketi ustida ishlamoqda
Fransiya Ukrainaga yangi yordam paketi ustida ishlamoqda, deya ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna Radio France’ga bergan intervyusida. Fransiya tashqi ishlar vaziri tafsilotlarni ochiqlamadi.
Bundan tashqari, Kolonna Rossiya hukumati «parallel haqiqatda qamalib qolganini» ta’kidladi. Parij «bu ruhiy izolyatsiyani kuchaytirishdan manfaatdor emas», deb qo‘shimcha qildi Fransiya tashqi ishlar vaziri.
Shu bilan birga, u Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning Kreml Ukraina Rossiya prezidenti qarorgohiga dronlar yordamida hujum qilgani haqida bayonot berganidan so‘ng Ukraina prezidentini «jismonan yo‘q qilishga» chaqirganidan xavotir bildirdi.
«Medvedev yana qo‘pol bayonotlar bergani, keskin gaplar gapirgani achinarli. Yana bir bor ta’kidlash kerakki, bu keskinlik Rossiyadan kelyapti, u yana shubhasiz qo‘rqitishga, asos narsalarni oqlab beradigan bahonalar topishga harakat qilmoqda», dedi Kolonna.
Mavzuga oid
16:37 / 16.09.2024
Kursk oblastidagi qarshi hujum: Rossiya qo‘shini biror muvaffaqiyatga erishdimi?
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
13:40 / 16.09.2024
ISW: Ukraina Rossiya chegarasini yangi joyda yorib o‘tdi
11:00 / 16.09.2024