JSST koronavirus pandemiyasi tugaganini e’lon qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti direktori Tedros Gebreyyesus tashkilot endi koronavirus tarqalishini favqulodda holat deb hisoblamasligi haqida ma’lum qildi. U bu haqda 5 may kuni Jyenevada bo‘lib o‘tgan konferensiyada aytib o‘tdi.
JSST rahbari ta’kidlashicha, kovid endilikda aholi salomatligi uchun global tahdid emas.
«Mana bir yildan ortiq vaqt davomida pandemiya pasayish tendensiyasida bo‘lib, aholining emlash va infeksiyalarga qarshi immuniteti ortib bormoqda, o‘lim kamaymoqda va sog‘liqni saqlash tizimlariga yuk yengillashmoqda», degan u.
JSST koronavirus tufayli qariyb yetti million o‘lim holatlarini ro‘yxatga olgan. Ammo tashkilot rahbarining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar soni, katta ehtimol bilan ko‘proq va 20 millionga yaqinni tashkil etadi.
O‘tgan davr mobaynida kasallik aniqlangan holatlar soni — 765,2 mln.
- Eslatib o‘tamiz, JSST koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan dastlab 2020 yil 30 yanvarida favqulodda holat, o‘sha yil 11 mart sanasida esa pandemiya e’lon qilgandi. Shu tariqa, pandemiya 3 yil 1 oy va 24 kun davom etdi.
- O‘zbekistonda, rasmiy statistikaga ko‘ra 250 mingdan ortiq kasallanish holati qayd etilib, 1637 kishi o‘limi tasdiqlangan. Biroq haqiqiy o‘lim holatlari soni bundan ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024