Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Napoli» - 33 yillik tanaffusdan so‘ng A Seriya chempioni
Foto: GettyImages
Italiya chempionatida 33-tur bahslari yakunlandi.
«Napoli» (80) mehmonda «Udineze» (43, 12-o‘rin) bilan durang o‘ynab, muddatidan avval turnir g‘olibiga aylandi. 2-o‘rindagi «Latsio» (64) qolgan 5ta turda g‘alaba qozonsa ham, peshqadamga yeta olmaydi.
Shu tariqa neapolliklar 33 yillik tanaffusdan so‘ng A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu — uchinchi skudetto. Klub bungacha 1987 va 1990 yillarda Diyego Maradona yetakchiligida zafar quchgan.
E’tiborlisi, «Napoli»ning 64 yoshli ustozi Luchano Spaletti faoliyatida ilk bor Italiya chempioniga aylandi.
A Seriya. 33-tur
Udineze — Napoli 1:1
4 may, «Dachiya Arena»
Gollar: Lovrich (13) — Osimhen (52).
Udineze – Silvestri, Exizibue (Ebosele, 82), Rodrigo Bekao, Peres, Biyol, Udoji (Zegelar, 74), Pereyra, Uolas, Lovrich (Arslan, 78), Samarjich (Toven, 82), Nestorovski.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka, Zambo-Angissa, Ndombele (Zelinski, 64), Elmaz, Kvaratsxeliya (Losano, 86), Osimhen.
Ogohlantirish: Exizibue (17).
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
12:10 / 05.01.2025
«Siti» qaytmoqda, «Arsenal» «Liverpul»ni xursand qildi. Kun o‘yinlari
16:53 / 12.12.2023
«MYu» va «PSJ» guruhda qolib ketadimi? YeChLda so‘nggi tur savollari
12:28 / 28.10.2023