O‘zbekiston | 08:03 / 06.05.2023
11876
2 daqiqa o‘qiladi

Uch oyda 4,7 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

Joriy yilning dastlabki uch oyida 106 mingdan ortiq xorijlik Rossiya fuqaroligini oldi, bu o‘tgan yilga nisbatan 35 ming kishiga kam.

Foto: RIA Novosti

Rossiya Ichki ishlar vazirligining 2023 yil yanvaridan martigacha bo‘lgan davrdagi migratsiya holati bo‘yicha statistik ma’lumotlariga ko‘ra, asosan Tojikiston fuqarolari Rossiya fuqaroligini olganlar, deb yozadi TASS.

“2023 yilning yanvar-mart oylarida Rossiya fuqaroligini olishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan shaxslar soni 106 320 nafarni tashkil etadi”, — deyiladi hujjatda.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning shu davrida 141 663 nafar xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan.

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning uch oyida Tojikiston fuqarolari tomonidan Rossiya fuqaroligini olish bo‘yicha 44,9 mingta qaror qabul qilingan. Bu ko‘rsatkich belgilangan davr uchun eng yuqori bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Ukraina (22 ming) va Armaniston (8,9 ming) fuqarolari band etgan.

Birinchi o‘ntalikka Qozog‘iston (6,9 ming), Qirg‘iziston (5,4 ming), O‘zbekiston (4,7 ming), Ozarboyjon (3,7 ming), Moldova (3,1 ming), Belarus (2,4 ming) va Turkmaniston (912 kishi) fuqarolari ham kirgan.

Mavzuga oid