Jahon | 09:20 / 06.05.2023
12693
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Rossiya tufayli uchinchi mamlakatlarga eksportni cheklashi mumkin

Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishning oldini olish uchun Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga eksportga cheklovlar joriy etishni taklif qilmoqda.

Foto: Shutterstock

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurash doirasida kelajakda uchinchi mamlakatlarga tovarlar eksportini cheklash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda Yevrokomissiyaning Yevropa Ittifoqining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uchun 5 may, juma kuni ittifoq mamlakatlariga topshirilgan 11-sanksiya paketi bo‘yicha taklifida aytilgan, deb yozadi dpa agentligi Yevropa Ittifoqidagi manbalarga tayanib.

Nashrning yozishicha, to‘xtatuvchi vosita sifatida Yevropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga yetkazib berishni cheklash uchun qonuniy imkoniyat yaratish taklif qilinmoqda. Agar bu yetarli bo‘lmasa, keyingi bosqichda ayrim tovarlarni eksport qilish taqiqlanishi mumkin. Avvalo, bu fuqarolik va harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan tovarlarga, masalan, tungi ko‘rish moslamalariga tegishli bo‘lishi mumkin. Rossiya Qozog‘iston, Armaniston va BAA kabi davlatlar orqali sanksiyalarni chetlab o‘tadi.

Yevrokomissiya taklifi 10 may kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi 27 davlatining doimiy vakillari tomonidan ko‘rib chiqiladi, deya qayd etadi dpa. Maqsad - may oyi oxirigacha Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketini qabul qilish. Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayyen avvalroq aytganidek, navbatdagi cheklov choralari, birinchi navbatda, Rossiyaning avval joriy etilgan sanksiyalarni, jumladan, uchinchi davlatlar yordamida chetlab o‘tishga urinishlariga qarshi qaratilgan bo‘ladi.

Mavzuga oid