Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: prezident “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘ydi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan bu majmua xalqimizning urushdagi yo‘qotishlari, tinchlik uchun kurashi va ulkan hissasini ifodalaydi. Shu bois bog‘ har doim, ayniqsa, bayram kunlarida yoshu keksalar bilan gavjum.
Bu yil ham 9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari rag‘batlantirilmoqda. Ularning salomatligi hamisha e’tiborda.

G‘alaba bog‘ida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari jam bo‘ldi. Ular ham majmua poyiga gullar qo‘ydi.


Mavzuga oid
17:37 / 08.05.2026
Prezident Xotira kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi, faxriylar holidan xabar oldi
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
16:33 / 08.05.2025