O‘zbekiston | 10:40 / 08.05.2023
32693
1 daqiqa o‘qiladi

Prokuraturaning ikki xodimi pora berishda gumonlanib ushlandi

Qo‘lga olinganlardan biri Bosh prokuratura katta prokurori bo‘lsa, yana biri Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisidir.

Foto: Kun.uz

6 may kuni Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. va Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D.lar jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida, protsessual tartibda ushlandi. 

Bosh prokuraturaning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura bunday tadbirlar prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok xodimlaridan tozalash doirasida amalga oshirilayotganini qayd etgan. Shuningdek, tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida ishning boshqa tafsilotlar oshkor etilmasligi ma’lum qilindi.

Mavzuga oid