O‘zbekiston | 11:33 / 09.05.2023
9276
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qulupnayning “Tong ifori” nomli yangi navi ixtiro qilindi

Foto: Tong ifori

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida qulupnayning yangi “Tong ifori” navi ixtiro qilindi.

"Yangi O‘zbekiston" nashri xabariga ko‘ra, ushbu qulupnayning boshqalaridan farqi shundaki, uni issiqxonada, yilning istalgan muddatida, ya’ni yil bo‘yi yetishtirib, hosil olish mumkin.

Bundan tashqari, “Tong ifori”ining hosildorligi juda yuqori. Har bir ko‘chatdan 0,5 kilogrammgacha qulupnay hosilini olish mumkin. Hozirda ilmiy-tajriba stansiyasining issiqxonasida qulupnay ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, ularni ko‘paytirish va aholi iste’moliga yo‘naltirish maqsadida ko‘proq maydonlarda ekilishini ta’minlash rejalashtirilgan.

Qulupnayning bir tupidan 10 tagacha hosil shoxi chiqadi va ularning har biridan 4 tagacha ko‘chat olish mumkin bo‘ladi. Ya’ni bitta tupdan 40 tagacha ko‘chat olish mumkin. Qulupnayning hosil shoxlari tuproqqa tushganida ko‘chat hosil bo‘laveradi. U ko‘chat rivojlangach, keyingi shoxdan yana ko‘chat hosil bo‘lishga kirishadi. Shu tariqa u shoxdan ko‘payaveradi.

Mavzuga oid