Bahor-yoz oylarida qulupnay mavsumi boşlangan. Ayni kunlarda kattalar va ayniqsa bolalar örtasida ötkir yuqumli içak kasalliklarining köpayişi avj oladi. Bunday mavsumda qulupnayni qay holatda iste’mol qiliş kerakligi haqida Sanepid Toşkent şahar boşqarmasi boşliği örinbosari Dilfuza Rasulova ma’lumot berdi. “Köça-köyda transport qatnovi gavjum joyda, yöl yoqalarida qulupnaylarni sotib turişadi. Taşqi muhitda turli xil mikroorganizmlar, virus yoki zaharli moddalar bor. Aynan maşinalar ötiş joyida çang-tözon kötariladi va u höl mevalarga kelib yopiriladi. Qayerda turişidan qat’i nazar qulupnayni tatib köriş mumkin emas. Agar mazasiga şubha qilinsa, albatta, yuvib tatib köriş kerak”, – deydi Dilfuza Rasulova.
Mutaxassis qulupnaylarni iloji boriça tuzli suvda 5 minut solib qöyib, keyin çayib taşlab iste’mol qiliş kerakligini ta’kidladi. Bu orqali nafaqat ötkir yuqumli kasalliklar, balki parazitar kasalliklarni keltirib çiqaruvçi gelmintlardan ham xalos böliş mumkin. “Çunki qulupnay yerda ösadi. Tabiiyki, tuproqda turli bakteriya va gelmintlarning uruği ham bölişi mumkin. Tuzli suv esa ularning hatto tuxumlari ham yöq böladi”, – dedi Sanepid mutaxassisi.
Şuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarda qulupnayni iste’mol sodasi bilan yuviş körsatilgan videolarga ham izoh berib, bu usuldan foydalanişni tasviya qilmasligini aytdi. “Iste’mol sodasi işqor bölgani uçun qulupnayni yuvişda undan foydalanişni tavsiya qilmayman. Undan köra, ötkir yuqumli kasalliklarning oldini oliş uçun farzandarimizga qulupnayni murabbo şaklida bergan ma’qul”, – dedi u.












