Jahon | 07:49 / 10.05.2023
10511
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga uzoq masofali raketalarni yetkazib bermaydi

AQShning Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi raketalar bilan ta’minlash siyosati Buyuk Britaniyaning Kiyevga bunday snaryadlarni yuborish qaroridan keyin o‘zgarmadi, dedi Politico nashriga AQSh ma’muriyatidagi manbalar. 

Foto: US Army

Nashrning yozishicha, Vashington bunday raketalarni yetkazib bermaydi va Oq uy rasmiylari endi “yengillik bilan nafas olmoqda”, chunki ularning fikricha, bu Ukrainaga ATACMS tizimi yetkazib berilishini talab qilgan tanqidchilarni tinchlantiradi.

London avvalroq Kiyevga 300 km masofaga uchadigan raketalarni yetkazib berishga qaror qilgan - bu AQShning ATACMS talablariga mos keladi. 

"Bizning ATACMS bo‘yicha siyosatimiz o‘zgarmadi", dedi Politico suhbatdoshlaridan biri. 

Nashrning yozishicha, buning o‘rniga Vashington havo hujumidan mudofaa vositalari, o‘q-dorilar va jihozlarni yetkazib berishda davom etadi.

Mavzuga oid