O‘zbekiston | 11:55 / 10.05.2023
17212
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasi boshlandi

O‘zbekistonda 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kampaniyasi bugun, 10 maydan boshlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.

Foto: Kun.uz

Saylov okruglarini tuzish 15 maygacha, saylov uchastkalarini tuzish 25 maygacha belgilanmoqda. Bundan tashqari, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tuziladi.

Siyosiy partiyalar o‘z vakolatli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun saylov kampaniyasi e’lon qilinganidan keyin 3 kun muddat ichida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi. 

Saylovda ishtirok etish uchun partiyalar 15 maygacha hujjatlarni taqdim etishlari zarur. 17 may – 1 iyun oralig‘ida prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatiladi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarning tartibi, bosqichlari hamda muddatlari haqidagi axborot saylovchilar va saylov jarayonlarining boshqa ishtirokchilariga belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan yetkaziladi.

Mavzuga oid