Saylov okruglarini tuziş 15 maygaça, saylov uçastkalarini tuziş 25 maygaça belgilanmoqda. Bundan taşqari, saylovçilarning yagona elektron röyxati tuziladi.
Siyosiy partiyalar öz vakolatli vakillarini röyxatdan ötkaziş uçun saylov kampaniyasi e’lon qilinganidan keyin 3 kun muddat içida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilişi kerak böladi.
Saylovda iştirok etiş uçun partiyalar 15 maygaça hujjatlarni taqdim etişlari zarur. 17 may – 1 iyun oraliğida prezidentlikka nomzodlar körsatiladi.
Saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça tadbirlarning tartibi, bosqiçlari hamda muddatlari haqidagi axborot saylovçilar va saylov jarayonlarining boşqa iştirokçilariga belgilangan tartibda Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boşqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qiliş yöli bilan yetkaziladi.


















