O‘zbekiston | 12:22 / 11.05.2023
8101
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Oltin + bronza: “Beeline Uzbekistan” nufuzli HR mukofotida ikkita mukofot oldi

Olmaota shahrida HR-Brand Central Asia X yubiley mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Beeline Uzbekistan turli nominatsiyalar bo‘yicha ikkita mukofotni qo‘lga kiritib, mamlakatdagi eng yaxshi ish beruvchilardan biri maqomini yana bir bor tasdiqladi. Raqamli operator O‘zbekistonda ikki marotaba g‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan yagona kompaniya bo‘ldi.

Foto: Beeline Uzbekistan

“HR Brand Central Asia” Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston mutaxassislari uchun HeadHunter tomonidan taʼsis etilgan eng nufuzli mukofotdir. Ish beruvchilar uchta raqobatbardosh nominatsiyalar – “Mintaqa”, “Mamlakat”, “Dunyo” bo‘yicha o‘zaro raqobatlashib, xodimlarni boshqarish va korporativ madaniyat sohasidagi eng yaxshi loyihalarini taqdim etadilar.

O‘zining o‘n yillik faoliyati davomida mukofot HR-jamoalar uchun tom ma’noda “Oskar” maqomiga teng. Ishtirokchilar kompaniyada sog‘lom muhit yaratish, jozibador ish beruvchi imidjini saqlab qolish va yangi iste’dodlarni jalb qilish bo‘yicha joriy tajribalar bilan o‘rtoqlashish imkoniga ega. Bu yil eng faol Qozog‘iston kompaniyalari bo‘ldi – bu mamlakatni mukofotning 39 finalchisidan 29 tasi taqdim etdi. “Beeline Uzbekistan” esa ikki marta g‘oliblar qatoridan joy olgan va barcha ishtirokchilar orasida yagona bo‘lgan uchta nominatsiya bo‘yicha shortlistga kiritilgan.

Kompaniyaning “Mintaqa” nominatsiyasida birinchi o‘rinni “Bee Agile” egalladi – loyiha davomida biznes natijalarini oshirish uchun yuqori samarali Agile-jamoalari yaratilgan.

“Dunyo” nominatsiyasida “Diversity in IT” loyihasi operatorga bronza olib keldi. Uning mazmun-mohiyati qizlarni axborot texnologiyalari olamiga jalb qilish va IT Park bilan birgalikda ularning malakasini oshirishdan iborat.

“Ushbu darajadagi mukofotlar biz to‘g‘ri yo‘nalishda borayotganligimizning qo‘shimcha tasdig‘iga aylanadi. Inson – kompaniyaning asosiy qadriyati, biz uchun har bir xodim uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularning rivojlanishiga sarmoya kiritish, ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar ochish biz uchun muhim. “Beeline Uzbekistan” sevgi haqida, menimcha, bu bizning muvaffaqiyatimiz siri”, — deya sharhlaydi “Beeline Uzbekistan”ning HR va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha direktori Sofiya Gaynutdinova.

“IT sohasida ayollarga nisbatan stereotiplar va noto‘g‘ri qarashlar bugungi kunda ham mavjud. IT Park va “Beeline Uzbekistan” sohadagi gender to‘siqlarini yo‘q qilishga qaror qildi va bu yo‘nalishda ulkan ishlarni amalga oshirdi. Tumaris.Tech loyihasi aynan qizlarning o'z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyati bo‘ldi. Unda ishtirok etish ularga g‘oyalarni muvaffaqiyatli loyihalarga aylantirishga yordam berdi. “Tinchlik” nominatsiyasidagi mukofot biz uchun loyiha muvaffaqiyati va ahamiyatining yana bir tasdig‘i bo‘ldi”, – dedi “IT Park Uzbekistan” direktorining ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Maxliyo Muksinova. 


“Unitel” MChJ 2006-yilning 12-sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan 

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid