Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 13 may, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +27...+29 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:54 / 12.07.2026
Toshkentda kuyindi hidining paydo bo‘lishiga ob-havo sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘lgani aytildi
13:57 / 12.07.2026
Issiq tufayli Qoraqalpog‘istondagi bog‘chalar vaqtincha yopiladi
11:37 / 10.07.2026
Hafta oxirida yuqori harorat saqlanib qoladi
18:43 / 06.07.2026