Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Twitter bosh direktori lavozimini tark etadi
Ilon Mask Twitter bosh direktori lavozimida o‘zining o‘rniga o‘rinbosar topganini ma’lum qildi. U taxminan olti hafta ichida ish boshlaydi.
Twitter egasi, multimilliarder Ilon Mask kompaniya bosh direktori lavozimini tark etishga qaror qildi. Bu haqda tadbirkor 11 may, payshanba kuni mikroblogda ma’lumot berdi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon bu lavozimda o‘z o‘rniga o‘rinbosar topgan. U uning ismini aytmadi va taxminan olti haftadan keyin ish boshlashini aytdi.
Ilon Maskning o‘zi kompaniya direktorlar kengashi raisi va texnik direktori lavozimlarini egallaydi. U tizim ma’murlari ishini nazorat, IT-mahsulotlar va dasturiy ta’minotni monitoring qilishni davom ettiradi.
Tesla va SpaceX asoschisi bu yil Bloomberg talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari reytingida yana birinchi o‘rinni egalladi. Maskning boyligi, agentlikning 28 fevraldagi ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla aksiyalari o‘sishi fonida 187,1 milliard dollargacha oshgan.
2022 yil oxirida Ilon Mask Twitter'da o‘ziga voris topgach, bosh direktor lavozimini tark etishga va’da bergan edi. "Men bu ishni bajarish uchun ahmoq odamni topishim bilanoq bosh direktor lavozimini tark etaman. Shundan so‘ng men faqat dasturiy ta’minot va server guruhlarini boshqaraman", deb yozgan edi u 21 dekabr kuni.
Bungacha Mask so‘rovnoma o‘tkazdi. "Twitter rahbari lavozimini tark etishim kerakmi? Men bu so‘rov natijalariga sodiq qolaman", deb yozadi tadbirkor. Natijada uning ketishiga 57,5 foiz ovoz berdi, 42,5 foizi esa qarshi chiqdi. So‘rovda 17,5 million akkaunt ishtirok etdi.
Shundan so‘ng tadbirkor so‘rov natijalari bilan bog‘liq hech qanday qarorni e’lon qilmadi, biroq bilvosita botlarning aralashuvi ehtimoli tufayli natijalarga ishonchsizlikni ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
21:30 / 07.07.2026
SpaceX investorlarga yupqa smartfon prototipini namoyish etdi
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026