Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘ir atletika. Ruslan Nurudinov - Osiyo chempioni
Janubiy Koreyaning Jinju shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
Bugun, 12 may kuni o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov qit’a birinchiligida -109 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Atletimiz dast ko‘tarish mashqida 177 kg bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Siltab ko‘tarishda jahon rekordi sohibiga bu safar oltin medal uchun 228 kg yetarli bo‘ldi.
Shu tariqa, Ruslan ikkikurash natijasiga ko‘ra 405 kg bilan eng yaqin ta’qibchisini 6 kgga ortda qoldirib, ushbu vazn toifasida barcha raqibalaridan ustun ekanligini yana bir karra ko‘rsatdi va delegatsiya hisobiga 3ta medal qo‘shib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasining qit’a birinchiligida yutgan umumiy medallari soni 9taga yetdi. Ertaga, 13 may kuni yana uch nafar atletimiz – Akbar Jo‘rayev, Rustam Jangaboyev va Tursunoy Jabborova ham turnirdagi ishtirokiga kirishadi.
Mavzuga oid
20:30 / 26.10.2025
Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev avtomobil bilan taqdirlandi
07:32 / 11.10.2025
Akbar Jo‘rayev jahon rekordini o‘rnatdi
12:10 / 19.09.2025
Jahon chempionlariga avtomobil va pul mukofotlari topshirildi
16:48 / 31.01.2025