09:16 / 12.05.2023
4576

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Falastin va Saudiya elchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev Falastin va Saudiya Arabistoni elchilari Javad Muhammad Avad hamda Yusuf Al-Utaybiy bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: TIV axborot xizmati

Suhbatlar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Turli shakldagi bo‘lajak muloqotlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

Top