O‘zbekistonda CubeSat ilmiy-ta’lim sun’iy yo‘ldoshi ishlab chiqiladi va uchiriladi
O‘zbekistonda CubeSat ilmiy-ta’lim sun’iy yo‘ldoshi ishlab chiqariladi va uchiriladi. Bu haqda AOKAda “O‘zbekkosmos” agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: Depositphotos
Joriy yilning 26-27- aprel kunlari O‘zbekiston ikkinchi bor xalqaro kosmik hamjamiyat konferensiyasiga mezbonlik qildi. O‘zbekiston ikkinchi bor 30 dan ortiq davlatdan 250 dan ortiq kosmik korporatsiyalar, agentlik va qo‘mitalar vakillarining uchrashuv joyiga aylandi.
"O‘zbekkosmos" tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro konferensiyaning kun tartibi xalqaro hamkorlik va sarmoya, xavfsizlik, moliya, kosmik sohani tartibga solish, yangi sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari, New Space industriyasidagi global tendensiyalar, Geoaxborot texnologiyalari, Yerni masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldoshli aloqa kabi mavzularni qamrab oldi.
Tadbir doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi va Innovatsion rivojlanish agentligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida O‘zbekistonda CubeSat ilmiy-ta’lim sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqish va uchirilishi rejalashtirilayotgani e’lon qilindi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi - sun’iy yo‘ldoshni yaratish, yig‘ish, uchirish va kelgusida boshqarish bo‘yicha zaruriy salohiyatni yaratish hisoblanadi.
Shuningdek, Turkiya, AQSh, Qozog‘iston va BAA bilan bir qator qo‘shma loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ularning aksariyati soha uchun yangi kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

20:24 / 23.03.2025
Xitoy orbitada sun’iy yo‘ldoshlar ishtirokida «havo janglari»ni sinovdan o‘tkazmoqda

14:11 / 15.02.2025
Haqiqiy sun’iy yo‘ldosh tomon ilk qadamlar – «UzCanSat» sinov parvozlaridan fotoreportaj

12:49 / 06.02.2025
Ozarboyjonlik maktab o‘quvchilari SpaceX yordamida o‘z sun’iy yo‘ldoshini orbitaga uchiradi

08:41 / 28.01.2025