Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tadbirkorlarga soliqlar bo‘yicha alohida imtiyozlar beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash ishlarini yangi pog‘onaga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
O‘zbekistonda 1 iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi. Dasturga 2023-2024 yillarda jami 1 milliard dollar ajratiladi.
Bu mablag‘lar hisobidan: kambag‘al oilalar a’zosini kasbga o‘qitib, ishli qilish bo‘yicha loyiha ahamiyatiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi; tadbirkorning “amaliy monomarkaz” tashkil qilish va jihozlash hamda kasbga o‘qitish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan:
- kamida 20 foiz kambag‘al oila a’zosini bir yil davomida ish bilan ta’minlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;
- kambag‘al oila a’zosi daromad solig‘idan ozod qilinadi;
- 5 million so‘mgacha ish haqi to‘layotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi.
Shuningdek, dasturda qatnashadigan tadbirkorlar soliq va bojxona ma’murchiligida yengilliklar oladi. Xususan:
- ular faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi;
- ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, shuningdek, ortiqcha to‘langan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi;
- qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha guvohnoma muddatidan ilgari bekor qilinmaydi;
- barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib to‘lash imkoni beriladi;
- bojxona to‘lovlarini sug‘urta kafolatisiz olti oyga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
11:04 / 15.08.2025
Ayrim oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi
17:13 / 13.08.2025