Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada ikkinchi tur o‘tkazilishi rasman e’lon qilindi
Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentlik saylovida birinchi turda g‘alaba qozona olmadi, mamlakatda ovoz berishning ikkinchi turi o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat Oliy saylov kengashi (YSK) rahbari Ahmet Yyener rasman e’lon qildi.
Ikkinchi tur ikki haftadan keyin, 28 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Yyener birinchi tur yakunlarini e’lon qilgan, so‘nggi hisob-kitoblardan keyin Erdo‘g‘an 49,51 foiz ovoz olgani, uning asosiy raqibi, muxolifatchilarning yagona nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li esa 44,88 foiz ovoz to‘plagani ma’lum bo‘lgan. «ATA alyans»i partiya bloki nomzodi Sinan O‘g‘an 5,17 foiz ovoz bilan uchinchi bo‘lgan.
Turkiyadagi saylovlarda davomat 88,92 foiz, xorijda — 52,69 foizni tashkil etgan.

Birinchi turda g‘olib chiqish uchun nomzodlardan biri 50 foizdan ortiq ovoz olishi talab etilardi.

Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026