Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda 12 yashar bola istirohat bog‘ida vafot etdi
Marhum o‘qituvchisi hamrohligida sinfdoshlari bilan parkka borganida attraksionda jarohat olib vafot etgan.
Foto: KUN.UZ
Hodisa 14 may kuni soat 11:30 larda ro‘y bergani aytilmoqda. Namangan shahridagi «Bobur» bog‘iga sinfdoshlari bilan aylanishga borgan 12 yashar bola attraksionda bosh qismidan tan jarohati olib vafot etgan. Marhum Uchqo‘rg‘on tumanidagi 8-sonli maktabda tahsil olgan.
Telegram'da tarqalgan videoda bolalarni istirohat bog‘iga olib borgan o‘qituvchi shifokorlar bilan so‘zlashayotib, endi marhumning ota-onasiga nima deb javob berishini aytib zorlangani eshitiladi. Internetda tarqalgan video jarohat olgan o‘quvchiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun olib borilgan shifoxona shifokorlaridan biri tomonidan tasvirga olingan.
«Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.
Fojianing boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz. Namangandagi voqea O‘zbekistonda attraksionlar bilan bog‘liq uchinchi baxtsiz hodisa hisoblanadi. Bungacha mart oyining so‘nggi o‘n kunligida respublikamizning ikki hududida attraksionlar bilan bog‘liq ikkita fojia ro‘y bergandi. Farg‘onada 18 yashar qiz attraksiondan tushib ketgan bo‘lsa, Buxoroda er-xotin va ularning go‘dak farzandi istirohat bog‘idagi arg‘imchoqdan yiqilib jiddiy jarohat olgandi.
Mavzuga oid
17:07 / 22.11.2025
Abxaziyada uch o‘zbekistonlik YTH oqibatida halok bo‘ldi
13:50 / 11.11.2025
Poytaxtda 263 attraksion tekshirildi: 39 tasi ruxsatnomasiz ishlayotgani aniqlandi
20:31 / 10.11.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uy liftlarida 37 mingdan ortiq nosozlik qayd etildi
20:34 / 27.09.2025